Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi targ‘ibot tadbiri
17:46 / 2025-03-17

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumanidagi harbiy safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi huquqiy axborot shu’basi bosh maslahatchisi Dilnoza Umurzoqova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim jihatlari, shu jumladan, shaffoflik, hisobdorlik, axborot texnologiyalari va jamoatchilik nazoratining roli haqida ham ma’lumot berildi. Tadbirda korrupsiyaning oldini olishda har bir fuqaroning roli katta ekanligi va faqat birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar orqali bu muammoning oldini olish mumkinligi ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda korrupsiya va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid tizimli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, bu jinoyatlarning sodir etilishi hali ham uchrab turibdi. Muloqotda ushbu jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda belgilangan jazo choralari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri