Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e’lon qilinadi!
10:29 / 2019-09-26

“Sudyaning ongida adolat, tilida haqiqat va dilida poklik ustuvor bo‘lishi shart”.


“Sudyaning ongida adolat, tilida haqiqat va dilida poklik ustuvor bo‘lishi shart”.

Prezident Shavkat Mirziyoevning bu fikrlari O‘zbekiston Oliy sudida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yana bir bor tilga olindi. 

Yig‘ilishda Sudyalar oliy kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Ubaydulla Mingboev sudya va sud tizimi xodimlariga sohada korrupsiyaga qarshi kurashish borasida sudya va sud tizimi xodimlariga Murojaat bilan chiqish qildi.

2019 yilning shu kuniga qadar 95 ta sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilgani, 12 nafar sudya sudyalik qasamyodini buzganligi uchun muddatidan oldin lavozimidan ozod etilgani, 4 nafar sudyaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgani sohada tub amaliy o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda. 

Qayd etilganidek, sudya va sud tizimi xodimlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “endi, ta’magirlik qilgan sudya, siyosatga, mamlakat Prezidentiga va xalqiga xiyonat qilgan, deb baholanadi”, degan haq gaplaridan xulosa chiqarishi shart. 

Huquqiy madaniyati yuksak inson qonunni buzishdan qo‘rqadi. Jinoyatchilik ahvoliga chuqurroq nazar tashlansa, jinoyatni aksariyat hollarda dunyoqarashi past, ma’naviyati zaif, madaniyat va ma’rifatdan uzoq, aqli bo‘lsa-da, farosatda no‘noq shaxslar sodir etishini ta’kidlab o‘tdi U.Mingboev. 
Ma’naviyati yuksak, irodasi mustahkam inson korrupsiyaga qo‘l urmaydi. 

Videokonferensaloqa tizimi orqali ushbu Murojaatni barcha darajadagi sud raislari hamda sudyalari, sud tizimi xodimlari, joylardagi jamoatchilik asosida tashkil etilgan Sudyalar oliy kengashiga ko‘maklashuvchi komissiyalar a’zolari eshitdi.