Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilikning o‘rni muhim
12:56 / 2025-06-29

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma rahbariyati, DXX, prokuratura va Adliya organlari mas’ullari ishtirok etib, bojxona organlari xodimlari orasida korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, uning  ayanchli oqibatlari bo‘yicha profilaktik suhbat olib borishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan mutasaddilar ushbu illatga qarshi kurashishda jamoatchilikning o‘rni borasida fikr yuritishdi. Shuningdek, bojxona xizmatining shaffofligini ta’minlash va xizmatchilarning mas’uliyatini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Ta’kidlash joizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi mas’ul bo‘limlari tomonidan xodimlarning mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ta’magirlik va korrupsiya jinoyatlariga qo‘l urishining oldini olish maqsadida yil boshidan 22 marta ma’ruza, yakka tartibda 65 va umumiy  tartibda 53 marta profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Olib borilgan sa’y-harakatlarga qaramasdan ayrim xodimlar tomonidan ushbu illatga qo‘l urish holatlari aniqlanib, qonuniy taribda jazoga tortilgan.

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, bojxonani korrupsiyadan xoli sohaga aylantirib, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni minimallashtirishdan iboratdir.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri