Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati instituti vakillarining ishtiroki qanday?
18:25 / 2022-12-05

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Aksilkorrupsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Haftalik doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati instituti vakillarining ishtiroki: muammo va yechimlar” mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, BMTning Taraqqiyot dasturi hamda Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boshqarmasi, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti (Sloveniya) hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan qirqdan ziyod NNT vakillari ishtirok etdi.

Muloqot orqali korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT vakillarini keng jalb qilish, sohadagi islohotlar ijrosini ta’minlashda ularning ishtirokini kuchaytirish va faolligini oshirish, shuningdek, bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida NNTlarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga to‘siq bo‘layotgan muammolar hamda ularni bartaraf etishning aniq va amaliy yechimlari xususida o‘zaro fikr almashildi.

NNTlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi usul va vositalar, ushbu jarayonlarda xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasini o‘rganish, OAV orqali korrupsiyaning oldini olish va halollikni shakllantirish mexanizmlari kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

[gallery-9860]

Tadbirda xalqaro tashkilotlar ekspertlarining fuqarolik jamiyatida korrupsiyani minimallashtirishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar, korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlar ishtirokining muhim jihatlari, bu borada ilg‘or xorijiy tajribaga e’tibor qaratildi.

NNTlar bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga oid ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot doirasida “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilish” qo‘shma tanlovi g‘oliblarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda 9 ta NNT g‘olib, deb topildi.

Tadbir yakunida hududlar va sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganishga oid sotsiologik tadqiqotlar tashkil etish NNTlarni jalb etish orqali ularning davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatini oshirish yuzasidan takliflar ilgari surildi. NNTlarning ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan ekspertlar bilan hamkorligini kuchaytirish borasida mulohazalar bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA