Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida loyihalar taqdim etildi
10:13 / 2024-06-15

FOTOREPORTAJ

Urganch shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish Xorazm viloyat hududiy kengashi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. 

Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi  tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda Jamoat fondi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida moliyalashtirilgan Mintaqaviy tadqiqotlar markazining “Huquqiy ongni oshirish – jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va turli korrupsion jinoyatchilikning oldini olish omili” davlat ijtimoiy buyurtma loyihasi, “Huquqiy himoya” gazetasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy a’zolari faoliyati va chet el tajribasini ommalashtirish” va “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi viloyat bo‘limining “Biz korrupsiyaga qarshimiz” davlat grant loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

[gallery-17862]

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligini yanada oshirish, Jamoat fondi tomonidan e’lon qilinadigan davlat granti tanlovlarida NNTlar ishtirokini faol ta’minlash hamda ularga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha kelishib olindi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA