Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Prezident olib borayotgan siyosat samaradorligi e’tirof etildi
10:38 / 2025-12-11

Oliy Majlis Senatiga BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar, ayniqsa, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash hamda ijtimoiy sohalardagi yutuqlar muhokama qilindi.

Davlat bojxona qo‘mitasida gender standartlar joriy etilgani va “Kumush gender mukofoti”ga sazovor bo‘lgani qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Prezident olib borayotgan siyosatning samaradorligi e’tirof etilib, davlat xizmatchilarini tayyorlash va shaffoflikni oshirish, shuningdek, mahalliy organlarda hisobdorlikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning jamiyatda ishtirokini faollashtirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA