Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 235 nafar shaxsga nisbatan 169 ta jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan.
– Shundan 190 nafar shaxsga nisbatan 146 ta jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi, 7 nafar shaxsga nisbatan 3 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi Z.Muzafarov. – 29 nafar shaxsga nisbatan 20 ta jinoyat ishlari tugatilgan. Yetkazilgan zarar miqdori 74 milliard, undirilgan zarar miqdori 10 milliarddan ortiq. Undirish belgilangan zarar summasi 64 milliarddan ortiq summani tashkil qiladi. Shundan davlat foydasiga undirishga qaratilgan summa 801 million so‘m.

2021 yil 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi asosida tahlil qilinganda, 167-moddasi bilan 139 nafar shaxsga nisbatan 90 ta, 168-moddasi bilan 11 nafar shaxsga nisbatan 11 ta, 205-moddasi bilan 7 nafar shaxsga nisbatan 4 ta, 207-moddasi bilan 2 nafar shaxsga nisbatan 2 ta, 209-moddasi bilan 39 nafar shaxsga nisbatan 23 ta, 210-moddasi bilan 4 nafar shaxsga nisbatan 4 ta, 211-moddasi bilan 53 nafar shaxsga nisbatan 46 ta, 212-214-243-moddalari bilan 1 nafardan shaxslarga nisbatan 1 tadan jinoyat ishlari ko‘rib chiqilgan.
Zarif Komilov,
Tohir Istatov (surat), O‘zA