Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”
15:50 / 2023-11-08

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” 23-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida 7 noyabrdan 7 dekabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” e’lon qilingan.

Sirdaryo viloyatining olis Sardoba tumanidagi 16-umumta’lim maktabida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni  munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilari, tuman bo‘limi xodimlari, direktorlar, mahalla faollari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi R.Qulmatov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, ta’lim tizimida ham korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligi ta’kidlandi.  

Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha videorolik namoyish etildi. Ishtirokchilar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ta’lim maskanida o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar barchada katta taassurot qoldirdi.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA muxbiri