Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlandi
20:38 / 2017-02-24

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura hamda Toshkent islom universiteti hamkorligida “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida videoseminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura hamda Toshkent islom universiteti hamkorligida “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida videoseminar o‘tkazildi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, dekanlar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari I.Majidov, Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori X.Tursunbekov va boshqalar davlat organlari va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimiz farovonligi, turmush-tarzining yanada yaxshilanishi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim omil ekanini ta’kidladi.

2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani va mazkur qonun ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 2-fevralda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingani bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Bugungi tadbir ushbu qonunning mazmun-mohiyatini o‘rganish va ta’lim tizimida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan, – deydi Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov. – Mazkur qonun 6 bob, 34 moddadan iborat bo‘lib, uning 18-moddasi aynan ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Videoseminar tarzida tashkil etilgan tadbirda mazkur qonunning mazmun-mohiyati va ta’lim tizimida oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, ta’lim muassasalarida huquqbuzarlikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirishda ichki ishlar organlarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligi, korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olishda huquqiy targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi mavzulariga doir ma’ruzalar tinglandi.