Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb masala
17:42 / 2025-11-21

FOTOREPORTAJ

Surxondaryoda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shahobiddin Jo‘raboyev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev, viloyat prokurorining katta yordamchisi Abdumurod To‘rayev, DXX viloyat boshqarmasi xodimi Abdusalom Raimov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari Murodilla Tursunov, IIB vakillari – Jamshid Nafasov va Shohjahon Rahimov, shuningdek, boshqarma apparati xodimlari, hududiy MMTB boshliqlari, ZOOM platformasi orqali tuman va shahar bo‘limlari xodimlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.  

[gallery-26372]

Muloqot davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlar mazmuni, qonunchilik asoslari, “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirishning ahamiyati tushuntirildi. Ta’lim sohasini shaffof, korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish zarurligi uqtirildi.

Tadbir davomida korrupsion harakatlarning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilib, ta’lim muassasalari rahbarlari halollik va shaffoflikni ta’minlashda yanada mas’uliyatli bo‘lishi lozimligi eslatib o‘tildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA