English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar-trening
11:56 / 2025-10-08

Taraqqiyotning ildiziga bolta uruvchi eng xavfli illatlardan biri bu shubhasiz korrupsiyadir. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda islohotlar samaradorligini yanada oshirishga urg‘u berilmoqda. Korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida davlat nazorati kuchaytirilib, adolatli, shaffof tizim ishga tushirilmoqda. Har bir davlat idorasi buning uchun mas’ul etib belgilanib, korrupsiya bo‘yicha turli treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

Kuni kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, hududlarda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar hujjatlar bilan to‘g‘ri ishlash, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartiblari, shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, tadbirda viloyat boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘yicha mas’ul xodimlar ham qatnashdi.

Qolaversa, seminar-treningda Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Strategik tahlil va taraqqiyot oliy maktabi rahbar hamda mutaxassislari ham ishtirok etib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bayon etishdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, sohaga doir ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Sherbek Islomov,

O‘zA