English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar o‘tkazildi
18:14 / 2025-04-21

Bugun “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i va Kasaba uyushmasi raisi boshqarma xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki lokal hujjatlar haqida axborot berdi. 

Tadbirda ta’kidlanganidek, yangi qabul qilingan hujjatlar xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni o‘z ichiga oladi. Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Shuningdek, tadbirda korrupsiyaning oldini olishga oid strategiyalar ham muhokama qilindi. Bu, ayniqsa, davlat idoralarida korrupsiyani kamaytirish uchun qo‘llaniladigan mexanizmlarni yaxshilashga qaratilgan. 

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tajribalar va ularning mamlakatimizga qo‘llanishi bilan bog‘liq muhim tavsiyalar berildi. Aniq yo‘nalishlar va amaliy ishlarning muvofiqlashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi. 

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishda muhim hisoblanadi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar oldi. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA