Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz
15:24 / 2025-12-10

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni hamda “Antikorrupsiya oyligi” doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda boshqarma rahbariyati, xodimlari va ularning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig‘i J.Fayzullayev tizimda bojxona xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. 

So‘ng shaxsiy xavfsizlik guruhi tomonidan korrupsiyaning oldini olish yo‘nalishida tizimda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlar oila a’zolarining ham minnatdorlik fikrlari tinglandi. 

Yakunda ishtirokchilar bojxonaga oid savollariga batafsil javob oldi. 

Shuningdek, xizmatda erishgan yutuqlari uchun bir qator bojxona xodimlari boshqarma boshlig‘i tomonidan faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari