Buxoro viloyati soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tashabbusi bilan boshqarma rahbariyati ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda ZOOM platformasi orqali shahar va tuman soliq inspeksiyalarining barcha shaxsiy tarkibi ham qatnashdi.
Soliq xizmati organlarida korrupsiya xavfini kamaytirish, bu kabi holatlarini oldini olishga qaratilgan mazkur profilaktik tadbirda dastlab 2025 yil davomida viloyat hamda respublika bo‘ylab kuzatilgan salbiy holatlar va ularning oqibatlari bilan tanishtirildi.

Muloqot davomida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlari doirasidan o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanmaslik hamda bu kabi salbiy holatlarga nisbatan ko‘riladigan choralar keskin bo‘lishi haqida so‘z yuritildi.
Xususan, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev xodimlarga halollik va qonuniylik tamoyillariga asoslangan faoliyat yuritish zarurligini ta’kidladi. Korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik barcha rahbar va xodimlarning shaxsiy javobgarligi ekanini alohida qayd etdi.

Tadbir yakunida soliq sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish va unga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad soliq organlari xodimlarini “halollik” tamoyili asosida ish yuritishga chorlash va ularni turli xatarlardan himoya qilishga qaratilgan.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.