O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokurorining katta yordamchisi Abdumurod To‘rayev hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, ZOOM platformasi orqali tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab direktorlarining faol ishtiroki ham ta’minlandi.
[gallery-23640]
Muloqot davomida so‘nggi davrda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri va uning og‘ir oqibatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik faolligini oshirish, ta’lim tizimida shaffoflikni kuchaytirish hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va belgilab olindi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/bc4b-2fUwhY?si=ThWcvZYVcPL5MO6V" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat,video),O‘zA