Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurash: muhim vazifalar belgilab olindi
09:24 / 2025-10-09

Andijon viloyati Jalaquduq tumanida “Korrupsiya – taraqqiyotga qarshi jiddiy xatar” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda birlashma rahbarlari, shifokor va hamshiralari, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari ishtirok etdi. Unda tibbiyot tizimida korrupsiyaning oldini olish, korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, bu borada birlashma xodimlarining bilim va tushunchalarini boyitish xususida atroflicha so‘z yuritildi. 

Korrupsiya iqtisodiy yoki moliyaviy yo‘qotishgina emas, balki u eng avvalo, insonlar ongini zaharlaydi, davlatga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi. Shu bois, ushbu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaro, tashkilot, rahbar shaxsiy mas’uliyatni chuqur  anglashi zarur.

    

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 5 mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yig‘ilishida korrupsiya masalasiga jiddiy e’tibor qaratish, ushbu illatga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z olgan tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari Ulug‘bek Umarov, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ergashboy Qurbonov va boshqalar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu borada har bir fuqaro, xodimning burch va vazifalari xususida gapirildi. 

Jumladan, tizimda korrupsiya va korrupsion holatlarni bartaraf etish, mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. 

Shuningdek, birlashma xodimlarining bu boradagi  bilim va tushunchalarini, ayniqsa, korrupsiya illati keltirib chiqaradigan ayanchli oqibatlar haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish muhim ekanligi alohida qayd etildi. 

– Korrupsiyaga qarshi kurash bu  faqatgina davlat organlarining yoki bir guruh mutasaddilarning vazifasi bo‘lishi kerak emas, bu ish jamiyatning barcha qatlami vakillari, avvalo, aholining faol va ongli ishtiroki bilan amalga oshirilishi lozim, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Ulug‘bek Umarov. – Shundagina biz o‘zimiz kutgan natija va samaraga erisha olamiz. 

Soha xodimlarining korrupsiya, unga qarshi kurashish borasidagi bilim va tushunchalarini boyitishga, mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan yig‘ilishda birlashma tizimida amalga oshiriladigan muhim vazifalar belgilab olindi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA