Buxoro viloyati prokuraturasi, Xalq deputatlari viloyat kengashi hamda ishchi guruhi tomonidan hududlarda korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, hamda maishiy korrupsiyaga barham berish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xarita” ijrosi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida belgilangan vazifalarning ijrosi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida o‘rganildi.


Ishchi guruh tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida “yo‘l xarita”da belgilangan vazifalarning ijrosi markazda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirilganligi o‘rganildi. Muassasada korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chaqiriqlar, korrupsiyaga duch kelganda murojaat qilish mumkin bo‘lgan ishonch telefonlari qayd etilgan banner va plakatlar joylashtirilganligi va aholiga ko‘rsatiladigan bepul tibbiy xizmatlar, bepul beriladigan dori-darmonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni barcha uchun ko‘rinarli joylarga o‘rnatilganligi ko‘zdan kechirildi.
Markazda xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.