Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi kurash — amalda
12:14 / 2026-02-25

Jizzax shahrida yana bir korrupsiyaviy holatga chek qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo” filialining shahar bo‘limi xodimi E.M. qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u “Sim-sim” oilaviy korxonasining ishlab chiqarish sexi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga korxona rahbaridan 10 million so‘m talab qilgan. Mazkur mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonun ustuvorligi ta’minlanayotgan bugungi sharoitda har qanday noqonuniy kelishuv va yashirin manfaatlar fosh etilishi muqarrar. Jamiyat manfaatiga zid har qanday harakat jazosiz qolmaydi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri