Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi Koreya tajribasi muhokama etildi
13:28 / 2020-12-12

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xodimlari hamda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlariga rioya qilish bo‘yicha komissiyasining ekspertlari ishtirok etishdi.

Uch kun davom etgan o‘quv seminarida xorijiy ekspertlar tomonidan Koreyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan korrupsiyaga qarshi tashabbusni va korrupsiya xavf-xatarlarini baholash hamda davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi o‘qitish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, Koreyada yuqori darajadagi davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish va ularni rag‘batlantirish tartiblari to‘g‘risida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura vakillari tomonidan xorijiy ekspertlarga O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.