Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratni kuchaytirishda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
15:01 / 2024-05-08

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda sohaga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlarda ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shu talablardan kelib chiqib, bugungi kunda barcha davlat idoralari va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish asosiy vazifa sifatida qaralib, qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Kuni kecha «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan seminar-trening ulardan biri bo‘lib, unda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish tadbirlari haqida so‘z bordi.  

Qayd etilganidek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlarda asosiy e’tibor jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.  

– Shu maqsadda «Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va oldini olishda Sloveniya tajribasi» mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi. Ishtirokchilar «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat tashkiloti eksperti Goran Klimentichning «Ichki nazorat tuzilmalari samaradorligini oshirishda “e-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish va xavf-xatarlarni aniqlash, baholashda Sloveniya tajribasi» mavzusidagi taqdimoti bilan tanishdi. Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassisi tomonidan tashkilotlardagi korrupsiya risklari va xavfini baholash natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi. Shuningdek,                   e-anticor.uz elektron platformasiga ma’lumotlarni kiritishda kuzatiladigan kamchiliklar muhokama qilindi, – dedi «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov.  

 

N.Ziyodullayeva, O‘zA