English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi chora ko‘rilmoqda
16:33 / 2024-02-22

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i Davron Ismatov Toshkent shahrida bank sohasida korrupsiya holatlarining oldini olish masalalari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddi rahbarlarining o‘z tizimlarida korrupsiya holatlarining oldini olish hamda unga qarshi kurashish yuzasidan ko‘rgan choralari bo‘yicha axborotlari tinglandi. 

Shuningdek, davlat tashkilotlarining o‘z faoliyatida Korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hisobotlari ham tinglanib, poytaxtdagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi faoliyatida va boshqa tashkilotlarda korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tanqidiy muhokama qilindi va mas’ullarga ularni jadallashtirish, inson omilini istisno qiladigan yechimlarni izlash vazifasi yuklatildi. 

Yig‘ilish davomida, Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-saytida ochiq ma’lumotlarni joylashtirish va yuritish bo‘yicha mas’ullarning amalga oshirgan ishlari yuzasidan Toshkent shahar hokimligining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kotibiyati mudiri ham hisobot berdi. 

Muhokamalar so‘ngida aniqlangan korrupsiya holatlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning sabab va oqibatlari tahlil qilindi. Bu illatga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA