Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
00:09 / 2024-12-08

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan ochiq eshiklar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Ta’kidlanishicha, boshqarma  va tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, boshqarma va shahar-tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyalar tuzilib, ularning ish faoliyati boshqarma shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan nazoratga olindi.

Harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirokida shaxsiy tarkibning korrupsiyaga qarshi kurashishda murosasiz munosabatda bo‘lishiga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.  

Shaxsiy tarkib bilan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Shaxsiy tarkibning har biriga korrupsiya holatlariga  yo‘l  qo‘ymaslik,  poraxo‘rlik  va tamagirlik  holatlarining  oldini  olish  hamda  qonunchilikka rioya  qilish borasida targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.

Korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha boshqarma, shahar-tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamda ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘lim va bo‘linmalari yong‘in-qutqaruv qismlarida boshqarma shaxsiy xavfsizlik bo‘limi, harbiy prokuraturaning ishonch telefonlari yozilgan bannerlar shaxsiy tarkib uchun o‘rnatildi.

Fuqarolar va shaxsiy tarkibning murojaatlari uchun “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida boshqarma shaxsiy xavfsizlik bo‘limining Antikor_qashqadaryo_FVB_bot nomli bot ishlab chiqilgan.

Xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlarining oldini olish, bartaraf etish borasidagi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar ya’ni, davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi, Qarshi harbiy prokuraturasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan muntazam hamkorlik qilib kelinmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri