Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” (+video)
16:55 / 2025-12-17

Ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurashish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” mavzusida jamoatchilik va OAV vakillari uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  farmoniga asosan  

9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida bo‘lib o‘tdi.

[gallery-26780]

Mazkur tadbirda Qo‘mita tomonidan raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama yo‘nalishi va Qo‘mitada ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan mas’ullar tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, ochiq eshiklar kuni davomida ishtirokchilar Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini hamda davlat ko‘magi samaradorligini baholash, Tovar-xom ashyo birjalari va iste’mol bozorlarida narxlarni nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi. 

Qolaversa, insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish va Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qo‘mitaning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XYP7LNC1Qcc" title="“Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova,

O‘ktamjon Hayitov (foto), Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA