Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga murosasiz yondashuv – faoliyatimiz asosi
19:11 / 2026-01-06

-

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB veb-saytida bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichevning korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha murojaati e’lon qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalar va tashabbuslar asosida, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bank oldida turgan vazifalar haqida so‘z boradi.

Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki” Boshqaruvi davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan 2026 yilda korrupsiya illatiga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat”ga keng jamoatchilik, bank jamoasi  va mijozlar bilan birgalikda faol hissa qo‘shishga hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada ochiq, tezkor va ishonchli shaklga keltirishda raqamli texnologiyalarning alohida o‘rni e’tirof qilingan. Masalan, zamonaviy FACE-ID biometrik identifikatsiya tizimi xizmat ko‘rsatish jarayonida soxta operatsiyalar va firibgarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.

Murojaatda “Biznesni rivojlantirish banki”da komplayens nazorat tizimi doirasida xodimlarda halollik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mijozlar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ma’lum qilingan.

Bank boshqaruvi rahbari o‘z murojaatida bank kelgusida ham ochiqlik, shaffoflik va mijozlar manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda, moliya xizmatlari bozori rivojiga va mamlakatimizning barqaror iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga intilishini bildirgan.