English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – taraqqiyotga g‘ov
12:09 / 2025-07-08

Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamkorligida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tushuntirilib, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan takliflar berildi.

Korrupsiya demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi, iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi, kadrlar sifatini pasaytirishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘lishi haqida tushunchalar berildi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA