Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
17:17 / 2025-12-03

Taraqqiyotning ildiziga bolta uruvchi illat hisoblanmish korrupsiyaga qarshi kurash keskin tus olgani mamlakatimiz g‘oyalari adolat mezoniga qaratilayotganidan dalolat. Yosh avlodga uning oqibatlarini yetarlicha tushuntirish orqali esa kelajakda bu illatning xavfini kamaytirishga erishish mumkin. Shu maqsadda ta’limning turli bosqichlarida va boshqa qator tashkilotlarda “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida seminarlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlari tyutorlari uchun “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirda tizimdagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining maqsad va vazifalari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun va mohiyati, korrupsiyaviy huquqbuzarlik hamda jinoyat tushunchasi, uni sodir etganlik uchun javobgarlik, shuningdek, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash kabi savollar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Mashg‘ulot davomida tyutorlarga korrupsiya illati va uning inson, jamiyat va davlatga yetkazishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini yorituvchi ijtimoiy videoroliklar taqdim etildi. Yakunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldi.

Sherbek Islomov, O‘zA