Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
15:06 / 2022-10-26

Buxoroda Korrupsiyaga qarshi kurashish viloyat Kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida korrupsion holatlarning oldini olishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlar, Ichki ishlar boshqarmalari, oliy ta’lim muassasalari, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish, Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmalari mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Korrupsiya jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid qiladigan illatdir, – deydi tadbirda so‘zga chiqqan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili, Senat a’zosi Abera Huseynova. – Bu illatning davlat va jamiyatga yetkazadigan zarari, korrupsiyaga oid qilmishlar uchun javobgarlik, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantiradi. Afsuski, xotin-qizlar o‘rtasida ham korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat sodir etish holatlari mavjud. Ayol korrupsiyaga qo‘l urdimi, demak jamiyat uchun, kelajak uchun bu xavotirli.

Seminarda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Dilfuza Sharopova hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi vakili Aziz Po‘latov xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik, korrupsion holatlarning oldini olish, fosh etish va tergov qilish amaliyoti hamda ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolar haqida atroflicha to‘xtaldi.

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va omillar tahlil qilindi. Ushbu qoidabuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Zarif Komilov, O‘zA