Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – taraqqiyot dushmani
12:11 / 2021-12-28

Korrupsiya mamlakatning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan eng yomon va xavfli illatlardan biridir.

Jamiyat korrupsiyadan qancha tez xalos bo‘lsa, shuncha tez rivojlanadi, ijtimoiy adolat ta’minlanadi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda poraxo‘rlikka qarshi jiddiy kurash boshlandi.Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga  doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qaroriga binoan mamlakatimizdagi barcha davlat idoralari  va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi. 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ichki audit va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis Dilmurod  Sherg‘oziyev bu borada O‘zAda amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar, ko‘riladigan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

A.Taypatov,

O‘zA