Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya — shaxsiy manfaatlar yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi
11:23 / 2022-03-12

Korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan choralar amalga oshirilyapti.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi ko‘plab tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etib keladi.

Kuni kecha ana shunday tadbirlardan biri FVV Akademiyasida «Korrupsiya — kelajagimiz kushandasi» mavzusida tashkil etildi. Davra suhbatida partiya tashabbusi bilan nashr etilgan «Korrupsiya – yoshlar nigohida» kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Unda «Adolat» SDP Siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi Akmal Jonqobilov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mas’ul xodimi Oybek Abdug‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi, adliya polkovnigi Sherzod Hayitov va boshqalar korrupsiyaning salbiy oqibatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi qayd etildi.  

— Mazkur kitob partiyamiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan g‘oyalar doirasida umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan, maxsus maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan «Korrupsiya – yoshlar tasavvurida» insholar tanlovi natijasida chop etildi, — dedi partiya Siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Umid Sulaymonov. — Yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi nafrat tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida o‘tkazilgan insholar tanlovida respublika bo‘yicha 8 ming 642 ta umumta’lim maktablaridan 445 mingdan ortiq o‘quvchilar o‘z insholari bilan ishtirok etdi. Tanlovning yakunida 84 nafar o‘quvchi g‘olib deb topilib, ularning insholarini saralash va jamlash orqali «Korrupsiya — yoshlar nigohida» nomli insholar kitobini chop etishga erishdik.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan jamiyat taraqqiyotining asosiy kushandasi hisoblanmish korrupsion holatlarga barham berish borasida o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.

M.Komilova, O‘zA