Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – rivojlanish yo‘lidagi to‘siq
13:10 / 2022-02-04

O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida qabul qilingan muhim hujjat.

Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishdir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bu, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, oqibatlar, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarlik prinsipini ta’minlashdan iboratdir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlangan.

Dasturlarning ishlab chiqilishi, amalga oshirilishini tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etmoqda.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan va o‘z vakolatlarini amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yilda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Korrupsiyaga qarshi faol kurashgan shaxslar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi belgilab berildi. Ularning miqdori sodir etilayotgan jinoyatlarning turidan, tasnifi, pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud o‘zlashtirilayotgan (o‘zlashtirilgan) mulk qiymatidan kelib chiqib belgilab qo‘yilgan.

R.Berdiyarov,
Jizzax viloyat sudi sudyasi.
O‘zA