Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya muammosi Braziliyada ham dolzarb
16:22 / 2020-12-23

O‘tgan seshanba kuni Braziliyaning yirik shahri Rio-de-Janeyro meri Marselo Krivelli o‘z uyida hibsga olingan edi. Uni qo‘lga olish amalyoti politsiya bilan mahalliy prokuratura hamkorligida amalga oshirildi. Shu kuni tadbirkor Rafael Alves va politsiyaning sobiq rahbari Fernandu Morais ham qamoqqa olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, uchlik poraxo‘rlikda ayblanmoqda. Aslida tergov 2018 yil boshlangan. Prokuratura bu shaxslarga qarshi ish ochganda Rio-de-Janeyro meriyasiga “poraxo‘rlik uyasi” deya ta’rif bergan edi.

Shahar rahbai Marselo Krivelli tashkilotlar rahbarlaridan pora olish bilan shug‘ullangan va davlat shartnomalarini sotish evaziga qariyb 10 million dollar yiqqan.

"Jinoiy tashkilot kamida 50 million real (taxminan 9,7 million AQSH dollari) to‘plagan. Bu biz aniqlashga muvaffaq bo‘lgan raqam", - bayonot berdi prokuror Rikardu Ribeyru.

G1 portali yozishicha, qo‘lga olinishi lozim bo‘lgan jinoyatchilar ro‘yxatida sobiq senator Eduardu Lopes ham bor, biroq u o‘sha kuni uyida bo‘lmagan.

Xabarda Krivelli merlik vakolati nihoyasiga yetishiga 10 kun qolganda qo‘lga olingani ta’kidlangan. Mahalliy OAV yozishicha, u politsiya mahkamasiga keltirilgandan keyin o‘zini "siyosiy ta’qib" qurboni bo‘lganini aytgan va “adolat” talab qilgan.