English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya jamiyatni izdan chiqaradi
14:33 / 2022-11-22

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasida ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ayniqsa, ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Gulhayo Omonova viloyat xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida korrupsion holatlarning oldini olish, uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi murosasiz kurashish, ustoz-pedagoglarni majburiy ishlariga jalb etmaslik, pedagoglarga beriladigan har qanday ko‘rsatma va topshiriq qonun doirasida bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.  

[gallery-9684]

– Korrupsiya ta’lim tizimini, umuman, jamiyatni izdan chiqaradigan, parokandalikka olib keladigan illat, – deydi G. Omonova. – Shu bois ham, ushbu illatga qarshi murosasiz kurashishimiz, buning uchun ayniqsa, tizimdagi har bir rahbar mas’ul ekanligini unutmasligimiz lozim.  

Shuningdek, yig‘ilishda maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari ham atroflicha muhokama etildi. Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarida tashkil etilgan shtablarning samarali faoliyatini ta’minlash, yuzaga kelayotgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish, umuman, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berildi.  

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat),  

O‘zA