Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi illat
14:18 / 2022-04-13

Davlat soliq xizmati organlarida joriy yil 15 martdan 15 aprelga qadar “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida hamda aholi gavjum joylarda, bozorlar va yirik savdo komplekslarida fuqarolar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda nafaqat mansabdor shaxslar, balki fuqarolar ham faollik ko‘rsatishi talab etiladi. Ularning bu boradagi huquqiy ongi, bilimlari va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega.

— Mazkur oylik doirasida Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan barcha tuman va shahar soliq inspeksiyalari xodimlari o‘rtasida profilaktik suhbatlar olib borilmoqda, – deydi boshqarma bosh inspektori Sarvar Turdiboyev. — Bundan tashqari, aholi gavjum joylarda, bozor va yirik savdo komplekslarida tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, targ‘ibot materiallari joylashtirildi.

So‘nggi yillarda soliq organlarini xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga transformatsiya qilish, sohaga raqamli texnologiyalarning keng tatbiq qilinishi natijasida inson omili cheklanib, korrupsiya holatlariga barham berilmoqda.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda barcha tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalarida profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, xodimlar orasida sog‘lom muhitni yaratish, o‘z kasbiga halollik va sadoqat bilan yondashish, tadbirkorlarga esa “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida amaliy yordam ko‘rsatish haqida keng tushuntirildi.

O‘tkazilayotgan uchrashuvlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, oldinda turgan dolzarb vazifalar, bu borada davlat soliq xizmati organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish masalalari haqida to‘xtaldi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA