Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – jamiyat kushandasi
15:31 / 2024-10-15

Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari uchun korrupsiyaning oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda  korrupsiyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiya holatlarida javobgarlik choralari va jazo muqarrarligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.    

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik haqida so‘z yuritilib, ishtirokchilarga korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlari yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi oqibatida kelib chiqishi xususida tushunchalar berildi.  

Jumladan, qonunda pora olish, berish va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun Jinoyat kodeksining 210, 211 va 212-moddalarida jinoiy javobgarliklar belgilangani, mazkur jinoyatni sodir etganlarga nisbatan sodir etilgan qilmishning tavsiflanishiga qarab o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkinligi va korrupsiyaga oid boshqa ma’lumotlar keltirib o‘tildi.  

Shu bilan birga, tadbirda jamiyatda ko‘p uchrayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oqibatlari haqidagi videorolik ham namoyish etildi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA