Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya islohotlarga xiyonatdir
10:24 / 2026-03-02

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda umumiy profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, xizmat davomida qonuniylik va tartibni ta’minlash, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, korrupsiyaga yo‘l qo‘yish bu nafaqat qonun buzilishi, balki davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarga xiyonatdir. Ushbu illat bu davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng katta xavfdir. Davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashishda “favqulodda holat” e’lon qilinishi bu sohada mutlaqo yangi, qat’iy va murosasiz bosqich boshlanishini anglatadi.

Tadbirda fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.