Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya illatiga murosasizlik – pirovard maqsad
07:51 / 2026-01-24

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik” shiori ostida davlat xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda korrupsiya jamiyat taraqqiyoti va demokratik davlat qurish yo‘lidagi eng jiddiy tahdid ekani, uning salbiy oqibatlari davlat boshqaruvi va jamoat hayotining barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarni korrupsiyaning xavfli oqibatlari haqida yanada xabardor qilish, unga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbir avvalida Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Abdullayev so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbarining korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qat’iy va murosasiz pozitsiyasi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan natijalar xususida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik sho‘’basi katta inspektori K. Xaydarov tomonidan korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan ayrim davlat xizmatchilarining achinarli taqdirlari hayotiy misollar asosida yoritib berildi. U o‘z chiqishida xodimlarni xizmat vazifalarini bajarish jarayonida manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, aniqlangan yoki sodir etilishi ehtimol bo‘lgan qonunbuzilishlar haqida belgilangan tartibda xabar berish zarurligini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish yakunida Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi organlarida korrupsiyadan holi muhitni shakllantirish, ushbu illatga qarshi doimiy va samarali chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Hamroz Bayanov, O‘zA