Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya dunyoviy, ham shariat qonunlariga zid
16:54 / 2023-11-30

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov va boshqalar o‘quv maskani faoliyati xususida batafsil ma’lumot berdi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublikamiz oliy o‘quv yurtlari milliy reytingi hamda akademik litseylar reytingi e’lon qilindi. Oliy ta’lim muassasalarining 2022 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Ijtimoiy-gumanitar soha bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari reytingida esa 59,74 natija bilan 1-o‘rinni egalladi. Ayni paytda ushbu akademiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati bo‘yicha ham yetakchilik qilib kelayotgani e’tiborlidir. 

Yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirishda mamlakatimiz hamda xorijdagi nufuzli ilmiy-ma’rifiy dargohlar, universitetlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tobora kengroq hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

– Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabiga aylanishi bilan birga, davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi, – dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov. – Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, ularni hal etish, tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, manfaatlar to‘qnashuvi, nepotizm, urug‘-aymoqchilik kabi illatlarga murosasiz bo‘lishga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Korrupsiyaviy holatlar dunyoviy, ham shariat qonunlariga zid ekanini tushuntirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Imtihon tartib-tamoyillarini buzgan talabalarga nisbatan tegishli intizomiy choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, vakant ish joylariga kadrlar qabul qilishda xolislik, shaffoflik tamoyillariga tayanilishiga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

[gallery-14831]

Tadbirda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaliy ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Talabalar va ommaviy axborot vositalari xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi. 


Nazokat Usmonova,

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA