Toshkent shahar hokimligida “Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lib, bu illatga qarshi har bir davrda qattiq kurash olib borilgan.

Jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish mamlakatimizda ham dolzarb.
Seminar davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati xususida tushunchalar berildi.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori haqida so‘z bordi.

Shuningdek, seminarda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida esa davlat xizmatchilari faoliyatida bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva,
O‘zA