Dunyo miqyosida keng tarqalib borayotgan pandemiya Afrika qitʼasiga ham juda tez kirib bormoqda.
Dunyo miqyosida keng tarqalib borayotgan pandemiya Afrika qitʼasiga ham juda tez kirib bormoqda. “Qora qitʼa”ning yetakchi davlatlaridan biri hisoblangan Misr hukumati ham koronavirus balosiga qarshi kurashni tobora kuchaytirmoqda.
12-aprel holatiga koʻra, kasallik mamlakatdagi barcha 27 ta muzofotni qamrab olgan boʻlib, kasallikni yuqtirganlar umumiy soni 1939 nafarni, sogʻayganlar 426 kishini, olamdan oʻtganlar esa 146 kishini tashkil qilmoqda. Kunlik oʻsish surʼati 8 foizga teng.
Prezident
Birinchidan, karantin boʻyicha qatʼiy tartib oʻrnatish uchun kompleks cheklov choralari kiritildi. Ikkinchidan, har tomonlama iqtisodiy ragʻbatlantirish va koʻmak koʻrsatish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi. Uchinchidan, vaziyatdan chiqish va zarur yordam olish uchun xalqaro hamkorlik kuchaytirilmoqda.
Avvalo, hukumat mart oyi oxirida odamlar gavjum boʻladigan barcha tadbirlarni cheklash va bunday maskanlar (savdo maskanlari, klublar, parklar, sport majmualari, restoranlar, muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, masjidlar va cherkovlar, sayyohlik obyektlari)
Xalqaro va ichki avia parvozlar, temir yoʻl va dengiz orqali passajir qatnovlari ham toʻxtatildi. Jamoat va shaxsiy transport vositalaridan foydalanish taqiqlab qoʻyildi. Taʼlim muassasalari toʻliq yopildi. Aholiga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlari yoʻlga qoʻyildi. Davlat va shaxsiy korxonalar xodimlari soni keskin qisqartirildi va masofadan ishlashga oʻtkazildi.
Novvoyxonalar, qandolat sexlari va zavodlarning
25-martdan toki 23-aprelga qadar (soat 19.00dan 6.00gacha) komendantlik soati joriy etildi. Karantin qoidabuzarlari favqulodda holat tartibidagi kabi jazolanadi. Yaʼni ularga 253 dollar miqdorida jarima yoki 15 sutka qamoq jazosi tayinlanmoqda.
Davlatning masjidlar faoliyatini vaqtincha toʻxtatish talabini bajarmagan bir nechta imom-xatiblar ishdan olindi. Koronavirus bilan bogʻliq yolgʻon axborot va uydirma tarqatgan shaxslarga esa 19 ming dollargacha miqdorida jarima yoki 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanmoqda.
Inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun 6,3 milliard dollar hajmidagi Hukumat jamgʻarmasi tuzildi. Undan diagnostika jihozlari xarid qilish uchun, urushga teng frontning “oq qoʻshinlari” deb atalayotgan tibbiyot xodimlarini har tomonlama ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar muntazam ravishda ajratib borilmoqda. Chunki shu kunga qadar 3 nafar shifokor olamdan oʻtgan boʻlsa, ularning yana 43 tasi bu xavfli kasallikni yuqtirib olgani aniqlandi.
Hozirda respublikada 40 ming oʻrinli 12 ta yuqumli kasalliklar klinikalari faoliyat koʻrsatmoqda. Zaruriyatiga qarab yana 100 ming oʻrinli 21 ta klinika qayta jihozlanish uchun shay holatga keltirib qoʻyildi. Tez tibbiy yordam xizmatlariga mingta qoʻshimcha avtomobillar ajratildi.
Qoʻshimcha mingta intensiv terapiya uchun joylar hozirlandi, 400 oʻrinli xonalar ogʻir holatdagi bemorlar uchun sunʼiy nafas olish apparatlari bilan jihozlandi. Har biri 502 oʻrinli boʻlgan 3 ta
Mamlakatda COVID-19 bemorlarini davolash uchun ilk bora “XLOROXIN” dorisini ishlab chiqarish boshlandi. Bemorlarni tuzalishi uchun Yaponiyaning “
Hozirgacha 100 mingga yaqin binolar sanitar dezinfeksiya qilindi. Bu ishlarga armiyaning kimyoviy himoya boʻlinmalari ham faol jalb etilgan. Hukumat pudratchilardan qiymati 3,5 milliard dollarga teng tibbiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirishni talab qilmoqda va ularda ishlayotgan quruvchilarni virusdan himoya qilishni taʼminlash uchun 240 million dollar ajratdi.
24-martdan eʼtiboran mijozlar on-layn rejimda – soliqlarni
Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va aholining asosiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida dukkakli mahsulotlarning eksportiga 3 oy muddatga cheklov qoʻyildi. Shu bilan birga u
Nufuzli “
Aytish oʻrinliki, iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi boʻlgan sayyohlik jiddiy zarar koʻrmoqda va mutaxassislar tomonidan 20-fevraldan buyon oʻtgan vaqt oraligʻida koʻrilgan ziyon miqdori 3 milliard dollar, deb baholanmoqda. Tarmoqda 3,5 million kishi ish bilan band boʻlib, ularni ishsiz qolish oqibatlarini minimallashtirish uchun hukumat maxsus choralar paketini qabul qilishi kutilmoqda. Turizm sohasi barcha xodimlarini virusni yuqtirgan-yuqtirmaganini aniqlash maqsadida 160 ming
Bir vaqtning oʻzida x
Prezident
Shu bilan birga Janubiy Koreyadan va Xitoydan katta miqdordagi dori-darmonlar, himoya vositalari, diagnostika uskunalari, sunʼiy nafas olish qurilmalari yordam sifatida olindi.
Yevropa Investitsiya banki Misr kichik va oʻrta biznes korxonalariga ikki yil muddatga 220 million yevro imtiyozli kreditlar ajratmoqda.
Oʻzbekiston Rahbariyatining bevosita
Bu murakkab va sinovli damlarda elchixona xodimlari Misr, Iordaniya, Jazoir, Liviya va Sudanda turli sabablarga koʻra boʻlib turgan fuqarolarimizga kerakli tushuntirish ishlarini olib bormoqda, barcha zaruriy koʻmakni, maʼnaviy va moddiy yordamlarni koʻrsatib kelmoqda.