Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirusni davolashda gidroksixloroxindan foydalanish xavfli ekan
12:46 / 2020-07-18

Braziliya infektologiya jamiyati COVID-19 ni davolashda gidroksixloroxindan foydalanmaslikka chaqirmoqda.


Braziliya infektologiya jamiyati COVID-19 ni davolashda gidroksixloroxindan foydalanmaslikka chaqirmoqda. Tashkilotning tarqatgan xabarida aytilishicha, koronavirusga chalingan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru hozir aynan ushbu preparatni qabul qilmoqda.

“COVID-19 ni davolashda qoʻllanilayotgan gidroksixloroxin zudlik bilan foydalanishdan olib tashlanishi kerak”, — deyiladi bayonotda.

Olimlar mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligini koronavirusga chalingan bemorlarni davolash siyosatini qayta koʻrib chiqishga chaqirdi. Ular davlat mablagʻlarini samara bermaydigan va keyinchalik insonlar sogʻligʻiga ziyon keltiradigan preparatlarga sarflamaslik kerakligini taʼkidlamoqda.

Hozirda Bolsonaru kasalimni davolashda yordam beryapti, deb gidroksixloroxinni qabul qilmoqda. Xolbuki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) gidroksixloroxinni COVID-19ga qarshi kurashda ishlatiladigan dorilar safidan olib tashlagan. Iyun oyi boshlarida Oksford universiteti olimlari ham ushbu preparat koronavirusni davolashga yordam berishini tasdiqlaydigan hech bir dalilni topisha olmaganini maʼlum qilgan edi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, gidroksixloroxinni qabul qilgan bemorlarning 25,7 foizi 28 kun ichida vafot etgan. Uni qabul qilmagan bemorlarning esa 23,5 foizi vafot etgan.

AQSH Sogʻliqni saqlash milliy instituti (NIH) ham koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar sifatida gidroksixloroxinning klinik sinovini toʻxtatib qoʻygan edi.