Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirusni davolash jarayonida harbiy tibbiyotda qoʻllab kelinayotgan tajribalarni qoʻllash toʻgʻrisida koʻrsatma berildi
12:35 / 2020-07-29

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar va ularning kelgusidagi ijrosi yuzasidan mutasaddilar oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.


Joriy yilning 28-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda koronavirus bilan bogʻliq murakkab vaziyatni tartibga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar va ularning kelgusidagi ijrosi yuzasidan mutasaddilar oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

Behzod MUSAYEV, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari:

Yigʻilishda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasini tarqalishga qarshi olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bu ishlarga barcha tizimni jalb qilish koʻrsatmasi berildi. Davlat xavfsizligi xizmati va uning gospitali, Ichki ishlar vazirligi va uning gospitali, Mudofaa vazirligi va uning qoshidagi gospital xodimlaridan iborat malakali mutaxassislar tarkibi shakllantirildi. Ular 3 ta gospitallarga qoʻshimcha filial sifatida shakllantiriladigan yangi tibbiy muassasaga jalb etiladilar. 2 000 ta yotoq oʻrinli muassasa zudlik bilan ochilishi boʻyicha topshiriq berildi. «Oʻzekspomarkaz"ning keyingi pavilonlarida ushbu muassasa uchun joy ajratilgan. Pandemiya davrida aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun xizmat qiladigan markazlarni foydalanishiga topshirish ishlari zudlik bilan amalga oshiriladi.

Ulugʻbek SOBIROV, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari:

Bugungi kunda “Nazarbek” sanatoriyasi bazasida yangi kasalxona tashkil etilyapti. Yuqori malakali shifokorlar jalb etilgan mazkur kasalxona koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun moʻljallangan. Shifoxonaga reanimatologlar, pediatrlar, kardiolog kabi mutaxassislar jalb etilgan. Shifoxonada bemorlarni davolashda mahalliy shifokorlar xorijdagi shikorlar tajribalarini oʻrgangan holda tibbiy xizmat koʻrsatadilar.

Pirnazar ALIXONOV, Davlat xavfsizlik xizmati markaziy poliklinikasi boshligʻi:

Iyul oyining ikkinchi oʻn kunligida mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanish holati sezilarli darajada oshdi. Kasallikning tarqalish xavfi, salbiy taʼsiri va kasallik tufayli oʻlim holati kundan-kun ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari koronavirus bilan kasallanganlarni davolash jarayonida harbiy tibbiyotda qoʻllab kelinayotgan tajribalarni qoʻllash toʻgʻrisida koʻrsatma berdilar. Toshkent shahrida 2 000 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan davolash muassasasi ishga tushiriladi. Ushbu muassasaga mamlakatimizdagi harbiy shifokorlarni jalb etish vazifasi belgilandi. Mazkur tibbiyot muassasasida bemorlarni navbat kutib qolmasliklari uchun ularga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatishda barcha imkoniyatlarimizni sarflaymiz.