Koronavirusni birgalikda yengamiz
Kompaniya tarkibidagi korxonalar ham koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasidagi xayr-saxovat ishlariga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi xodimlari “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʻaraz yordam tariqasida bir kunlik ish haqini ixtiyoriy ravishda oʻtkazib berdi.
Kompaniya tarkibidagi korxonalar ham koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasidagi xayr-saxovat ishlariga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Xususan, “British American Tobacco Uzbekistan” (UzBat) qoʻshma korxonasi “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 2 milliard soʻm xayriya qildi. Korxona homiyligida Samarqand viloyatidagi 260 ga yaqin ehtiyojmand oilalarga zarur mahsulotlar ulashildi.
“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd”, “UzCarlsberg” korxonalari tomonidan ham xayriya mablagʻlari ajratilib, jamoat fondi hisob raqamlariga oʻtkazib berildi.
Koronavirus pandemiyasi barcha uchun jiddiy sinov boʻlmoqda. Bu murakkab davrni talafotsiz oʻtkazish, xalqimizni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida shu kabi xayriya ishlari davom ettiriladi.
Aziz yurtdoshlar! Salomatligimiz yoʻlida birlashaylik!
“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati