Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirusga qarshi O‘zbekistonda yaratilgan dori vositasi jahondagi ilg‘or dorilar bilan raqobatlasha oladimi?
17:47 / 2022-05-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xitoy Fanlar akademiyasining Toshkentdagi filiali “China-Uzbekistan Medicine Technical Park” MCHJ xorijiy korxonasi bilan hamkorlikda “COVID-19 ga qarshi yangi original innovatsion dori vositasi va uning davolash samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ilm-fan hamda  innovatsion faoliyat sohasida aloqalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda ikki davlat olimlari qariyb 3 million AQSH dollari qiymatidagi 20 ta  O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma loyihalari ustida ish olib bormoqda.  

“Remindevir VV116” dori preparati ham O‘zbekiston va Xitoy olimlarining  hamkorlikdagi  tadqiqotlari   natijasi  bo‘lib, COVID-19 ga chalingan kasallik darajasi o‘rtacha bo‘lgan bemorlarni qisqa muddatlarda davolash xususiyatiga  ega. 



Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur dorining xususiyati SARS-CoV-2 virusining ko‘payishiga sabab bo‘luvchi RdRP fermentining faolligini tezda ishdan chiqaradi va uning organizmda tarqalishini  to‘xtatadi. Uning dori shakli tabletka ko‘rinishida bo‘lib, tez eruvchan va organizmga so‘riluvchan, hamda davolash samaradorligi bo‘yicha hozirgacha COVID-19 ga qarshi jahonda yaratilgan ilg‘or dorilar bilan raqobatlasha oladigan va nihoyat eksport potensiali keng bo‘lgan yangi, original innovatsion   doridir. 

Ma’lumki, COVID-19 pandemiyasi butun dunyo sog‘liqni saqlash tizimi uchun katta muammoga aylandi. Shu bois  ham  “VV116” (Remindevir) 2021 yili koronavirusning o‘rta va og‘ir shakllariga chalingan bemorlarda klinik sinovdan o‘tkazildi. Ekspert komissiyasi tomonidan mazkur dori vositasining COVID-19 kasalligini davolashda samarali degan xulosa berildi. O‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab, mazkur dori vositasidan   O‘zbekistonda ham foydalanishga ruxsat berildi.  

“Remindevir VV116” ning dori vositasi Xitoy Fanlar akademiyasining Toshkentdagi filiali “China-Uzbekistan Medicine Technical Park” MCHJ xorijiy korxonasida ishlab chiqariladi. Uning substansiyasini esa yaqin  kunlarda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 


Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA