Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirusga qarshi kurashda Germaniya va Hindiston birgalikda missiya tayyorlamoqda
12:26 / 2021-04-26

Germaniya Hindiston bilan birdamligini namoyon etib koronavirusga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash missiyasini tayyorlamoqda.

Germaniya vazirlar mahkamasi Shteffen Zaybert o‘zining tvitterdagi sahifasida kansler Angela Merkelning “Hindiston bilan birdamlik maqsadida zudlik bilan mazkur missiya hozirlanmoqda”, degan so‘zlarini keltirgan.  

Merkelning ta’kidicha, pandemiyaga qarshi kurash – umuminsoniy vazifa.  

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzatilmoqda. Mamlakat kasallik yuqishi surati bo‘yicha dunyoda ikkinchi bo‘lib turibdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 16 million 900 nafardan ortiq kishi kasallikka chalingan, 14 million bemor sog‘ayib ketgan, 192 ming kishi kasallik qurboni bo‘lgan.