Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirusga chalinib poytaxtimizda davolanayotgan bemorlar yurtimizning qaysi hududlaridan?
14:24 / 2020-03-31

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etmoqda. UlargaJahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, xalqaro standartlar boʻyicha tezkor va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan xastalanganlar 158 nafarni tashkil etmoqda. UlargaJahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida, xalqaro standartlar boʻyicha tezkor va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda. Shuningdek, bemorlar bilan yaqin muloqot qilgan fuqarolar ham zudlik bilan aniqlanib, ular salomatligi ustidan 14 kunlik statsionar karantin kuzatuvi ham oʻrnatilgan. Bemorlarning 73 nafari erkak, 85 nafari ayollar boʻlsa, shundan 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning aksariyati poytaxtimizda muolaja olishmoqda va ular orasida yurtimizning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolarimiz ham bor.

Jumladan, hozirda Toshkent shahrida yurtimiz boʻyicha eng koʻp bemor, yaʼni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida jami davolanayotgan 92 nafar bemordan 7 nafari sogʻaygan boʻlsa, 1 nafari vafot etgan. Hududlar kesimi boʻyicha: Toshkent shahridan 73, Buxorodan 2, Qashqadaryodan 2, Navoiydan 2, Samarqanddan 7, Sirdaryodan 1 hamda Toshkent viloyatidan 5 nafar bemor poytaxtimizdagi ushbu tibbiyot muassasasida davolanmoqda.

Qolgan 66 nafar bemor (shundan bir nafari vafot etgan) mamlakatimizning turli hududlaridagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanishmoqda. Bu haqda keyingi materialimizda batafsil maʼlumot beramiz.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.