Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirusga chalingan poytaxtlik 66 yoshli bemor vafot etdi
09:51 / 2020-07-15

Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) joriy yilning 5-iyulida hansirash, yoʻtal paydo boʻlgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.


Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) joriy yilning 5-iyulida hansirash, yoʻtal paydo boʻlgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan.

Ammo ahvoli ogʻirlashavergach, 8-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya boʻlimigayotkizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik oʻtkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham ogʻrigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas, surunkali buyrak hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi