English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan ayol qochib ketgan
12:48 / 2020-03-16

Rossiya poytaxtidagi kasalxonalardan birining Bosh shifokori Denis Protsenko ushbu muassasa endi politsiya bilan hamkorlik oʻrnatishini maʼlum qilgan. Buning sababi sifatida mutaxassis yaqinda statsionarda davolanayotgan, koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan ayol qochib ketganini koʻrsatmoqda. Bu haqda radiosputnik.ria.ru xabar bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga koʻra, koronavirusga chalingan, deya taxmin qilingan ayol Moskvaning “Kommunarka” deb nomlangan hududida joylashgan karantin markazini oʻzboshimchalik bilan tark etgan. Maʼlum boʻlishicha, undan koronavirus uchun olingan dastlabki tahlillar ijobiy natija bergan.

- Tegishli axborot, tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilayotganiga qaramasdan, shifoxonaga yotqizilgan ayrim bemorlarning nooʻrin, taʼbir joiz boʻlsa, ongsiz hatti-haraktlariga duch kelyapmiz, deydi bosh shifokor. Ular COVID tufayli shaharda yuzaga kelgan tahlikali holatni, xavf-xatarni tushunib yetishmayapti. Kechasi statsionarni tark etgan bemor boʻyicha politsiya bilan aloqani yoʻlga qoʻydik. Hamkasblarimizdan boshqa soha xodimlariga vaziyat jiddiyligini, aholidan esa fuqarolik ongini namoyon etishlari zarurligini tushuntirishlarini soʻrab qolamiz.

JSST avvalroq Xitoydan tarqalgan COVID-19 kasalligini pandemiya, deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, butun dunyo boʻyicha virusni yuqtirganligi aniqlanganlar soni 157 mingdan oshdi. Ularning 6 mingdan ziyodi halok boʻldi, 75 bemor tuzaldi. Kasallik 140 dan ortiq mamlakatda qayd etildi.

Aholi eng zich joylashgan qitʼa hisoblangan Yevropada eng koʻp koronavirus holati Italiyada aniqlandi: bu mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 21 mingdan oshgan, 1441 bemor vafot etgan.