Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus: Yevropa mamlakatlari Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni cheklamoqda
12:39 / 2020-12-21

Yevropa ittifoqi mamlakatlari koronavirusning yangi turi aniqlangani tufayli Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni cheklash harakatiga tushdi.

“RIA Novosti” xabarida aytilishicha, Belgiya hukumati Britaniya bilan chegaralarni yopdi. Germaniya yangi virus aniqlangan Britaniya va JARdan keluvchi samolyotlarni qabul qilmasligini ma’lum qildi. Niderlandiya 1 yanvargacha Birlashgan Qirollik bilan aviaqatnovlarni to‘xtatadi. Italiya ham Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qilgan.