Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KORONAVIRUS vs VAKSINA: ijobiy natijalar boshlanish ostonasida
20:57 / 2020-03-29

Topilgan dorilardan 6 tasi bir qator mamlakatlarda ishlatish uchun tasdiqlangan 9 tasi klinikada tajribadan oʻtkazilmoqda.

photo6047349296510118730.jpg
Butun dunyo aholisini tashvishga solib turgan koronavirus pandemiyasiga chalinayotgan insoniyat soni soat sayin emas daqiqa, soniyalar ichida koʻpayib bormoqda. Shu oʻrinda juda koʻpchilikni oʻylantirayotgan savol, nahotki bu virusga qarshi vaksina topilmasa. Yoki topilgan taqdirda ularning taʼsir darajasi qanday boʻladi? Bir biridan kasallikni yuqtirayotganlarga bu vaksina yuborilib “zanjirning” davomiyligi qachon toʻxtatiladi(?)

Rossiyada bu borada katta ishlar boshlangan, xususan rossiyalik olimlar sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda klinikada tajribadan oʻtkazilgan koronavirusga qarshi kurashishda samaraliroq boʻlgan 10 dan ortiq dorilar topildi deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Topilgan dorilardan 6 tasi bir qator mamlakatlarda ishlatish uchun tasdiqlangan 9 tasi klinikada tajribadan oʻtkazilmoqda. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki, tajriba qilinayotgan dorilarning ayrimlari koronavirus infeksiyasining laboratoriya modellarida ijobiy natija koʻrsatgan.

Ushbu dori vositalaridan ikkitasi, niklozamid va nitazoksanid Fransiyada va yana bittasi Singapurda yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda sinab koʻrish uchun tavsiya qilindi.

SOVID-19 ga qarshi topilgan natijali dorilar senolitiklarni ham oʻz ichiga olgan. Yaʼni bu dori vositalari senessent-shikastlangan hujayralarni yoʻq qilishga yordam beradi. Ixtirochilar fikricha, yoshi kattalarda uchraydigan kasalliklar uchun qoʻllaniladigan ushbu dori vositalari epidemiya davrida eng himoyasiz guruh boʻlmish – yoshi kattalar va surunkali kasalliklar bilan ogʻriydigan bemorlarni himoya qilishga yordam beradi. Biroq bu dorilar mutaxassis shifokorlarning tavsiyasi berilgan taqdirda ishlatishga ruxsat berilishi mumkin.

“Koronavirusga qarshi tayyor vaksinalar ehtimol 1 yildan soʻnggina yaratilishi mumkin. Ularning ustida bir qancha mamlakatlarda ish olib borilmoqda. Jarayon juda koʻp bosqichli boʻlib oʻzida nafaqat dori vositasi sintezi, balki har tomonlama chuqur klinik tajribalarni ham talab qiladi”, – deydi Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich.

Xitoyda ham koronavirusning yangi turiga qarshi vaksinalarning klinik tajribasi boshlandi. Tajribada 108 ta koʻngillilar ishtirok etmoqda. Ularni 36 nafardan 3 ta guruhga ajratishgan. Har bir guruhga har xil dozalarda vaksinalar yuborilib tajribalar oʻtkazilmoqda. Tajribalar shu yilning oxiriga qadar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Tajribalar vrachlarning qattiq nazorati ostida oʻtkazilib unda 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan koʻngillilar ishtirok etishmoqda. Tajribaning birinchi bosqichida Uxanning Uchan, Xunshan, Daunxu shaharlari aholisi ishtirok etmoqda. Ammo bu tajribalarning boshlanganligi toʻgʻrisida joriy yilning 16-martiga qadar rasmiy xabar oʻz tasdigʻini topmagan edi. Tajribalar Ebola vaksinasini yaratishda ijobiy tajribaga ega mahalliy korxonalar bilan birgalikda amalga oshirildi. Natija esa ijobiy. Mutaxassislar GMP standartlariga toʻgʻri keladigan namunalar yaratishga erishdi.

Hozirgi kungacha Xitoyda koronavirusning yangi turiga qarshi 8 ta vaksina ishlab chiqildi. Ulardan ayrimlar hayvonlarda ijobiy natijalarni koʻrsatmoqda.

Joriy yilning mart oyi oʻrtalarida Butun jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti “nomzod-vaksina”larning 41 ta variantini taqdim etdi.

Ushbu “nomzod-vaksina”larni ishlab chiqaruvchilari ichida jahonning yirik farmatsevtika xoldinglari va mashhur Angliyadagi Oksford universiteti, Fransiyadagi Pastera institutlari borligi diqqatga sazovordir.

AQSHning bir qancha shaharlarida oxirgi soʻnggi kunlar davomida koʻngillilarga SOVID-19ga qarshi klinikaviy tajribalar oʻtkazish boshlashganligi toʻgʻrisida xabar berildi. Ammo shuni taʼkidlash kerakki, SanDiyegodagi Inovio kompaniyasining tadqiqotlar markazida tajribalar bir necha oy davom etishi va mukammal vaksina keyingi yilning oʻrtalarida tayyor boʻlishini aytmoqda.

Inson salomatligi yoʻlida har bir maʼlumot oltinga teng boʻlib turgan bir davrda mamlakatlarda koronavirusni yuqtirganlik alomatlarini koʻrsatib beruvchi testlar yetishmovchiligi sezilmoqda. Xususan, rivojlangan mamlakatlardan AQSH, Angliya, Italiya va boshqa mamlakatlar shular jumlasidandir. Ayni vaqtda Isroilning olimlar jamoasi virusning aniqlashning muvaffaqiyatli yangi uslubi topilganligi toʻgʻrisida xabar berishdi. Bu molekulyar test uslubi bir yoʻla bir nechta namunalarni qayta ishlash imkoniga ega.

Kasallikni aniqlashda bu kabi test oʻtkazish uslublari oʻta muhim. Chunki inson hech qanday simptomsiz virus tashuvchisi ham boʻlishi mumkin. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda bu kasallik bilan ogʻrib tuzalgan bemorlarning yana qaytib kasallanayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda. Bu bemorlarda kasallik qaytalangani bilan virusga immunitet hosil qilishlari va oʻzlariga zarar yetkazmagan holda boshqalar hayotini xavf ostiga qoʻyishlari mumkin.

Oxirgi paytda koronavirus pandemiyasi Avstraliya ichki ishlar vaziri Piter Daton, Ispaniyaning tenglik masalalari boʻyicha vaziri Iren Montero, Polsha qurolli kuchlar qoʻmondoni Yaroslav Mika, Eron sanoat vaziri Reza Raxmani, Fransiya madaniyat vaziri Frank Rister, Buyuk Britaniya premyer-ministri Boris Jonson va boshqa siyosatchi hamda mashhurlarni ham chetlab oʻtmadi.

Insoniyat ayni vaqtda nafaqat oʻzining balki boshqalarning hayotiga ne chogʻlik masʼul ekanini his qiladigan davr keldi.

Gulruxsor RAVSHANOVA,
Xalqaro sharhlovchi