Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus va grippning farqi nimada?
16:22 / 2020-08-13

Koronavirus va grippning farqi nimada? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Shuhrat Boymurodov javob berdi.


Koronavirus va grippning farqi nimada? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Shuhrat Boymurodov javob berdi.

"Yuqish tezligida. Gripp COVID-19 ga qaraganda juda qisqa yashirin davri va juda qisqa oraliqqa ega (hodisalar oraligʻidagi vaqt).

COVID-19 virusida seriyali oraliq 5-6 kun, gripp virusida oraliq 3 kunni tashkil qiladi. Bu esa gripp COVID-19 ga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatlariga ega.

Jamoat joyda bolalar grippni tarqatishida asosiy omil hisoblanadilar. COVID-19 da kattalarga qaraganda bolalar kamroq kasallanadilar va 0-19 yoshdagilarda uchrashi past.

Yangi koronavirus turida quruq yoʻtal kuzatiladi (yoki koʻp boʻlmagan balgʻam). ORVI va grippda yoʻtal koʻpincha nam va tumov, burunni bitishi kuzatiladi.

COVID-19 da 15 foiz hollarda ogʻir infeksiyalar boʻlib, kislorod talab qilinishi va 5 foiz kritik holat boʻlib, oʻpka ventelyatsiyasi talab qilinadi. COVID-19 kritik holat va ogʻir infeksiyalar grippga qaraganda yuqori.

COVID-19 keksa yoshlilar va yondosh kasalliklari mavjudlarda ogʻir kechishiga olib kelish xavfi mavjud.

COVID-19 da oʻlim grippga qaraganda, ayniqsa mavsumiy grippga qaraganda yuqori. Hozirgi maʼlumotlarga qaraganda koronavirusda umumiy oʻlim koeffitsiyenti 3-4 foizni tashkil qiladi. Mavsumiy grippda oʻlim 0,1foizdan past", dedi Boymurodov.